25.11.2020
210
Assalomu alaykum! Bundan bir necha yil oldin onam olamdan o`tganlar (Alloh rahmatiga osin) O`sha payt 1 ta Qur'oni karim arab tilida(musxaf) va 1 ta Qur'oni karim manolarining tarjimasini sotib olgandim va onamni nomlaridan vaqf qilishni niyat qilgandim. Mushafni vaqf qilib bir birodarimizga berdim lekin Qur'oni karim manolari tarjimasini o`qib ko`rib uni o`zimda olib qolgan ekanman. Shu Qur'oni karim manolari tarjimasi kitobini vaqf niyatida olganim uchun biror kimga berishim kerakmi yoki o`zim o`qib foydalansam ham bo`ladimi?
Va alaykum assalom!
Hudo xohlasa degan so`zni qo`shib niyat qilgan bo`lsangiz o`zingizga olib qolishingiz ham mumkin. Agar nazr qilgan bo`lsangiz berishingiz shart. Vallohu a'lam!
Ma'lumotlardan foydalanilganda
www.vaqf.uz ga havola ko'rsatilishi shart
©“Вақф” Barcha huquqlar himoyalangan 2018-2025