44

25.02.2021

319

Tanlov 25 fevraldan 5 aprelga qadar o`tkaziladi.

Tanlovning maqsadi va vazifalari:

- Halqimiz orasida yaxshilik va xayr-saxovatga targ`ib etish, insonparvarlik, o`zaro mehr-oqibat mavzularini o`ziga xos va kreativ tarzda yoritish;

- vatandoshlarimiz e'tiborini muhtojlarga ko`maklashish, ular holidan xabar olishga qaratish va ularga nisbatan g`amxo`rlik hissini oshirish, mazkur masalada faol fuqarolik pozitsiyasini shakllantirish.

Asosiy tushunchalar: 

«Tashkilotchi» - Vaqf xayriya jamoat fondi

«Tanlov» – Tashkilotchilar tomonidan, kasbidan qat'iy nazar barcha qiziquvchilar o`rtasida o`tkaziladigan yaxshilik va saxovat qilish bo`yicha eng yaxshi kreativ video va maqolalarni tanlab olishga qaratilgan.

«Ishtirokchi»– Tashkilotchilar tomonidan ishi Tanlovda ishtirok etish uchun qabul qilingan da'vogar. Ishtirokchi Tanlov shartlari bilan tashkilotchilarning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari yoki veb-sayti orqali oldindan tanishib chiqishi lozim.  

Veb-sayt VAQF.UZ 

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:

Telegram: @vaqfuz  @vaqfuzguruhi

Instagram: @vaqfuzb

TikTok: @vaqfuz

Facebok: @vaqfuz

Youtube: @vaqfuz

Vkontakt: @vaqfuz

Odnoklassniki: @vaqfuz

Twitter: @vaqfuz

 

  • «Video»– Ishtirokchining o`ziga xos stsenariy bo`yicha olingan mualliflik videosi.

  • «Infografika» – Ishtirokchining mualliflik foto dizayn, badiiy tasviri (infografika).

  • «Maqola»- Ishtirokchining mualliflik maqolasi.      

  • «Sovrin» - nominatsiyalardan birida g`oliblik uchun pul mukofoti.       

  • «G`olib»– tanlov komissiyasi tomonidan ishi Tanlov nominatsiyalaridan birida eng yaxshi deb e'tirof etilgan tanlov ishtirokchisi.

 

Tanlovga taqdim etilgan materiallarni baholash mezonlari:

4.1. Tanlovga taqdim etilayotgan materiallar mazmuni, xolisligi hamda ta'sirchanligi milliy qadriyatlarimiz, yaxshilik va saxovat mavzulariga mualliflik yondashuvi bilan ajralib turishi lozim. Shuningdek ommabop talqinda bo`lishi shart.

4.2 Tanlov materiallarida Tashkilotchilar logotiplaridan foydalanish olqishlanadi.

4.3. Tanlovga yuboriladigan materiallar o`zbek tilida qabul qilinadi.

4.4. Ishlar quyidagi nominatsiyalardan biriga taqdim etilishi mumkin:

Yaxshilikni targ`ib etuvchi:

  • “Eng yaxshi videorolik”
  • “Eng yaxshi maqola”
  • “Eng yaxshi infografika”     

 

TANLOVDA IShTIROK ETISh UChUN QUYIDAGILAR TALAB ETILADI:

  1. Ishtirokchilar vaqf.uzveb-saytida Reglament matni, shuningdek Tanlov nizomi va shartlari bilan tanishib chiqishi lozim;
  2. Video, foto va maqolalar xayriya, saxovat, o`zaro mehr-oqibat, o`zgalarga g`amxo`rlik, yaxshilik qilish kabi mavzularning dolzarbligi, Halqimizorasida ezgulikka targ`ib qilish mavzusini ochib berishi lozim. Videorolik stsenariysi, infografika va maqolalar muallifga tegishli bo`lishi lozim.

        

2.1. VIDYeOROLIK. Ishtirokchi o`zlari tasvirga olgan videorolikni Vaqf fondining http://t.me/Yashilikqil2021Bot Telegram botiga yuborishi lozim. So`ngra Vaqf fondining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida e'lon qilingan video material, Vaqf fondi sahifasini belgilab, #vaqfyaxshilik xeshtegi bilan uni o`z internet-resursi (Telegram, Instagram, facebook, TikTok va boshqa ijtimoiy tarmoqlar)dagi rasmiy sahifalarida e'lon qilishi lozim. Roliklar syujeti motivatsion xarakterga ega bo`lishi, yaxshilik qilishga da'vat etishi lozim. Videorolik davomiyligi 1 daqiqagacha. davomiyligi 1 daqiqadan oshgan videoroliklarning ballari pasaytiriladi. Uni e'lon qilish muddati 2021 yil 25 fevraldan 5 aprel soat 23:59 ga qadar davom etadi.      

2.2. MAQOLA yo`nalishidagi ishtirokchilar 1000 ta belgi (oraliqsiz), (2-3 bet) dan oshmagan, ko`chirilmagan, mualliflik maqolasini tayyorlashi va uni Vaqf fondining http://t.me/Yashilikqil2021Bot Telegram botiga yuborishi, maqola mazmuni esa yaxshilik va xayriya qilishga da'vat va motivatsion xarakterga ega bo`lishi kerak. Mualliflar o`z maqolasida Qur'oni karim oyatlari, hadis yoki hikmatli so`zlardan foydalanishi mumkin. Maqolalar 25 fevraldan 5 aprel' 23:59ga qadar qabul qilinadi va shu vaqt mobaynida e'lon qilinishi lozim.  

2.3. INFOGRAFIKA. Yaxshilik va ezgulikka, xayr-saxovatga da'vat etuvchi, insonparvarlik g`oyalariga asoslangan infografikalar, originallik, ta'sirchanlik, kompozitsion echim jihatlariga ko`ra baholanadi. Infografikalar http://t.me/Yashilikqil2021Bot Telegram botiga 25 fevral' sanasidan 5 aprel' soat 23:59 ga qadar qabul qilinadi.

  1. Har bir ishtirokchi yuborgan videorolik, maqola yoki infografika bilan birgalikda o`zi haqida ma'lumot va bog`lanish uchun telefon raqamini yozib yuborishi shart.        
  2. Tashkilotchilar Tanlovda ishtirok etish uchun yuborilgan ishlardan keyinchalik o`z faoliyatida foydalanish huquqini saqlab qoladi.
  3. G`oliblar shu yilning 16 aprel' Vaqf fondi tashkil topgan sanada yoki Tanlov tashkilotchilari bilan kelishgan holda e'lon qilinib, taqdirlanadi.    
  4. Tanlov shartlarini buzgan holda topshiriqni bajargan yoki o`zi haqida ma'lumotlarni yubormagan Ishtirokchi Tanlovda ishtirok etmaydi.

 

G`OLIBLARNI ANIQLASh. TANLOV SOVRININI OLISh ShARTLARI VA TARTIBI     

  1. Ishtirokchilar yuborgan ishlar tanlov hay'ati tomonidan baholanadi. Eng yaxshi ishlar Tanlov komissiyasi ko`rib chiqishi uchun kiritiladi. Shuningdek, ijtimoiy tarmoqlarda eng ko`p ovoz (like) yig`gan ishlar ham g`oliblikka da'vogar hisoblanadi.           
  2. Tanlov yakuniga ko`ra, ijtimoiy tarmoqlarda eng ko`p ovoz (like) to`plagan ishlar tanlov hay'ati tomonidan baholanib 3 nafar g`olib aniqlanadi. Shuningdek asosiy g`oliblardan tashqari yana 4 nafar ishtirokchi rag`batlantiruvchimukofotni qo`lga kiritadi. 
  3. Tanlov g`oliblari Vaqf fondi va homiylarning sovg`alariga ega bo`ladi.

Yaxshilikni targ`ib etuvchi:

  • “Eng yaxshi videorolik” nominatsiyasi uchun    –  7 000 000 so`m
  • “Eng yaxshi maqola” nominatsiyasi uchun            – 5 000 000 so`m
  • “Eng yaxshi infografika” nominatsiyasi uchun – 3 000 000 so`m

 

Rag`batlantiruvchi o`rinlar:

▪️  “Kreativ ishtirokchi”       –  “Hadis va hayot” to`plami
▪️  “Muxlislar e'tirofi”     –  “Hadis va hayot” to`plami
▪️  “Yaxshi targ`iboti uchun”    –  “Hadis va hayot” to`plami
▪️  “Faol ishtiroki uchun”     –  “Hadis va hayot” to`plami

 

Murojaat uchun telefon: +998 99 910-90-95

 

 Barcha ishtirokchilarga Alloh taolodan omad va zafarlar tilab qolamiz!

Ma'lumotlardan foydalanilganda
www.vaqf.uz ga havola ko'rsatilishi shart

©“Вақф” Barcha huquqlar himoyalangan 2018-2025