Vazifalari

  1. Fuqarolarning diniy, maʼnaviy va intellektual salohiyatini oshirishga qaratilgan tashabbuslarini qoʼllab-quvvatlash, milliy va diniy qadriyatlarimizni asrab-avaylash;

  2. Masjidlar va diniy taʼlim muassasalarining binolarini qurish, taʼmirlash, rekonstruktsiya qilish, obodonlashtirish, moddiy-texnik bazasini mustahkamlash;

  3. Tarixiy-meʼmoriy ahamiyatga ega ziyoratgohlarni saqlash, taʼmirlash, obodonlashtirish, ularning infratuzilmasini yanada rivojlantirish;

  4. Diniy taʼlim muassasalari, ilmiy-tadqiqot markazlari faoliyatini moliyalashtirish, ularning professor-oʼqituvchilari, tadqiqotchilari, mutaxassislari va oʼquvchi-talabalarini moddiy va ijtimoiy qoʼllab-quvvatlash;

  5. Masjidlar va ziyoratgohlar xodimlarini, xususan imom-xatiblar, imom noiblari, mutavallilar, muazzinlarni moddiy va ijtimoiy qoʼllab-quvvatlash;

  6. Islom ilm-fani va madaniyati rivojiga ulkan hissa qoʼshgan buyuk ajdodlarimiz, zamonamizning yetuk olim va ulamolari qalamiga mansub diniy-maʼrifiy asarlarni chop etish va aholiga yetkazishga koʼmaklashish;

  7. Yurtimizdagi muqaddas ziyoratgoh va qadamjolarning musulmon dunyosidagi nufuzini yanada oshirish, bu maskanlarga mahalliy va xorijiy fuqarolarning ziyoratlarini uyushtirish, ziyoratchilar uchun zarur sharoitlar yaratish;

  8. Aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlari, shu jumladan imkoniyati cheklangan shaxslarni moddiy va maʼnaviy qoʼllab-quvvatlash;

 

Bundan tashqari fondga kelib tushadigan turli xildagi tushumlarning kelib tushish va sarflanishi bo‘yicha alohida hisobini olib borish maqsadida vaqf, zakot (fitr, ushr) va xayriya mablag‘lariga alohida-alohida hisob raqamlar tashkil qilish, shuningdek, ushbu hisob raqamlardagi mablag‘larni o‘z maqsadiga muvofiq sarflanishini ta’minlashdan iborat.

 

Ме'yoriy хужжат :

https://lex.uz/docs/-3686277

Ma'lumotlardan foydalanilganda
www.vaqf.uz ga havola ko'rsatilishi shart

©“Вақф” Barcha huquqlar himoyalangan 2018-2025