31

Bugun, 11 noyabr' kuni Toshkent shahridagi “Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf” majmuasida Vaqf xayriya jamoat fondi homiyligida, imom-xatiblar o`rtasida “Arab tili bilimdoni – 2021” ko`rik-tanlovining respublika bosqichi o`tkazildi.

Qizg`in bahsga boy bo`lgan tanlov natijalarini hakamlar hay'ati baholab bordi. Unga ko`ra quyidagi imom-xatiblar tanlov g`oliblari deb topildi:

1-o`rin – Farg`ona viloyati Quvasoy shahridagi "Toshmozor" masjidi imom-xatibi Mirzaqosim domla Saidmirzayev;

2-o`rin – Toshkent viloyati Toshkent tumanidagi "Eshonxo`ja ota" masjidi imom-xatibi Avazxo`ja domla Bahramov;

3-o`rin – Andijon viloyati Andijon shahridagi "Bobo-Tavakkul" masjidi imom-xatibi Nodirbek domla Kenjayev.

Tanlov g`olib va ishtirokchilariga “Vaqf” fondi tomonidan pul mukofotlari, jumladan:

1-o`ringa 9 400 000 so`m;
2-o`ringa 6 700 000 so`m;
3-o`ringa 4 000 000 so`m va boshqa homiylarning sovg`alari topshirildi.

Barcha g`oliblarni muborakbod etamiz!

Ma'lumotlardan foydalanilganda
www.vaqf.uz ga havola ko'rsatilishi shart

©“Вақф” Barcha huquqlar himoyalangan 2018-2025