32

Bugun “International hotel Tashkent” mehmonxonasida “Axborot xizmatlari faoliyati: ochiqlik, tezkorlik va xolislik bosh mezon” mavzusida milliy konferentsiya bo`lib o`tdi.

Vaqf fondi Matbuot xizmati rahbari Saidabror Umarov ham mazkur konferentsiyada ishtirok etdi.

Tadbirdan ko`zlangan maqsad – 2019 yil 27 iyunda qabul qilingan “Ommaviy axborot vositalari mustaqilligini ta'minlash hamda davlat organlari va tashkilotlari axborot xizmatlari faoliyatini rivojlantirish bo`yicha qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risida”gi PQ–4366-son qarori ijrosini sarhisob qilish, erishilgan yutqularni e'tirof etib, kamchiliklarni bartaraf etish masalalarini muhokama etish hamda matbuot kotiblari o`zaro tajriba almashishi uchun samarali muhit yaratishdir.

Konferentsiyada 180 ga yaqin vazirlik va idoralar, davlat va jamoat tashkilotlari hamda hokimliklar axborot xizmatlari ishtirok etdi.

Ma'lumotlardan foydalanilganda
www.vaqf.uz ga havola ko'rsatilishi shart

©“Вақф” Barcha huquqlar himoyalangan 2018-2025