33

Moody's xalqaro reyting agentligi Turkiyada kelgusi besh yil ichida islom bankingi aktivlari hajmi ikki baravar ortishini taxmin qilmoqda. 

Dushanba kuni agentlik e'lon qilgan hisobotda aytilishicha, o`tgan yili Turkiyada islom banklarining umumiy aktivlari 54 foiz ortgan. Ularning umumiy bank aktivlaridagi ulushi hozirga kelib 7,2 foizni tashkil etmoqda. 

Ta'kidlanishicha, Turkiyada islom bankingi tezkor o`sayotgan bo`lsa-da, uning hajmi Fors ko`rfazi mamlakatlari hamkorlik kengashi a'zolari bilan taqqoslansa, ancha kichikligi ayon bo`ladi: mazkur mamlakatlarda umumiy banklar aktivlaridagi islom bankingi aktivlarining ulushi o`rtacha 40 foizni tashkil etadi. 

“Hukumatning islomiy moliyalashtirishga e'tiborining ortishi mamlakatda islomiy moliylashtirish sektori, xususan, unda qatnashayotgan banklar uchun ijobiy omildir”, – deyiladi hisobotda.

Muslim.uz

Ma'lumotlardan foydalanilganda
www.vaqf.uz ga havola ko'rsatilishi shart

©“Вақф” Barcha huquqlar himoyalangan 2018-2025