37

Amerikalik musulmon shifokor Umar Atik ularning ko`pchiligi hisoblarni to`lay olmasligini anglagach, saraton kasalligiga tibbiy xizmat to`lovini bekor qilishga qaror qildi.
"Men vaqt o`tib, shunchaki to`lay olmaydigan odamlar borligini tushunib etdim," - dedi doktor Atik.
Dushanba kuni shifokor o`z bemorlariga maxsus xabarlarni yubordi. Pokistonlik amerikalik shifokorning aytishicha, bu juda qiyin yil bo`ldi va u o`z bemorlariga moliyaviy jihatdan yordam berishdan mamnun.
"Saraton juda jiddiy kasallik bo`lib, pandemiya paytida bemorlar uchun yanada qiyin bo`ladi".
Islam.ru ma'lumotlariga ko`ra, shifokor jami 200 nafar bemorlarning hisoblaridagi 650 000 dollarni hisobdan chiqarib tashladi.
"Men oddiy shifokorman - oddiy odamman, shunga qaramay bu odamlarga yordam bera olishim mumkin bo`ldi", - dedi Atik.
Umar Atik bu yangi 2021 yil yanada yorqinroq bo`lishiga umid uyg`otishiga umid qiladi. "Men ularni yaxshi ko`raman, ular haqida g`amxo`rlik qilaman va bemorlarim uchun biror narsa qila olganimdan xursandman", - ta'kidladi Atik.

muslim.uz

Ma'lumotlardan foydalanilganda
www.vaqf.uz ga havola ko'rsatilishi shart

©“Вақф” Barcha huquqlar himoyalangan 2018-2025