04.10.2021
123
Ali roziyallahu anhudan rivoyat qilinadi: « Har bir musulmonning musulmon birodarlari oldida 30 ta majburiyatlari bordir. Ushbu majburiyatlarni ado etmaganlarga mag`firat yo`qdir:
1. Musulmon birodarlarining hatolarini kechirish.
2. G`am-qayg`uga botganlarga shavqatli bo`lish va qarindoshlarga g`amxo`rlik qilish.
3. Musulmon birodarlarning ayblarini ommaga oshkora qilmaslik.
4. O`zgalarni kufrini sezmaslik ularga e'tibor bermaslik.
5. Kechirimli bo`lish.
6. Biron bir narsa topib olganda uni egasiga qaytarib berish. Boshqa bir musulmon haqidagi kufrli so`zlarni tinglamaslik.
7. Birodarlarga doimo nasihat qilish va to`g`ri yo`l ko`rsatish.
8. Do`stlik va birodarlikni qadrlash va do`stona munosabatlarni qo`llab qo`vvatlash.
9. Musulmonlar haqlariga hiyonat qilmaslik.
10. Birodarlarga mehr ko`rsatish va ularga iliq munosabatda bo`lish.
11. Bemorlarni ziyorat qilish va janoza namozlarida ishtirok etish.
12. Musulmonlar taklifini rad etmaslik.
13. Musulmonlarga xadya berish va ularning xadyalarini qabul qilish.
14. Musulmon birodarlarni mehmonga va to`y marosimlariga taklif etish.
15. Yaxshilik evaziga yaxshilik bilan javob berish va shukrli bo`lish.
16. Muhtojlarga yordam ko`rsatish.
17. O`zgalarga bahllik qilmaslik.
18. Birodarlarning xojatlarini chiqarish.
19. Ularga yon bosish va qo`llab-quvvatlash.
20. Shirin so`z bo`lish.
21. Qarzlarni o`z vaqtida qaytarish.
22. Biron narsa o`zaro taqsimlansa o`z ulushiga rozi bo`lish.
23. Adovat va haqsizlikni qabul qilmaslik.
24. Haqsizlikka va kamsituvga uchraganlarni himoya qilish.
25. Musulmon kishi hech qachon o`zgalar haqqiga hiyonat qilmaydi va kufrli so`zlar bilan xaqorat qilmaydi.
26. Nimaniki o`ziga ravo ko`rsa birodariga ham shuni ravo ko`rish.
27. Birodarlarga yomonlik tilamaslik.
28. Musulmon kishi aksirganda « Yarxamukallah» deyish.
29. Musulmon birodarlar biron bir narsalarini yo`qotsalar uni topishga yordam berish.
30. Salomga alik olish.
Ma'lumotlardan foydalanilganda
www.vaqf.uz ga havola ko'rsatilishi shart
©“Вақф” Barcha huquqlar himoyalangan 2018-2025