18.10.2021
183
Bugun, 18 oktyabr', dushanba kuni soat 20:00 da fayzli ulamolar, ziynat qorilar va xushovoz nashidxonlar ishtirokidagi “Qalbimiz va hayotimiz Siz ila, yo Rasulalloh!” nomli onlayn siyrat suhbatlari taqdim etiladi.
Hazrati Payg`ambarimiz sollallohu alayhi vasalam siyratlari mo`min-musulmonlarning imon-ixlosiga chinakam ozuqa. Agar kishining imoni komil bo`lsa, Rasuli Akramga bo`lgan muhabbat ham ziyoda bo`ladi.
Nabiy sollallohu alayhi vasallam: “Sizlardan birortalaringiz meni farzandidan, ota-onasidan va odamlarning barchasidan ko`ra, ko`proq yaxshi ko`rmaguncha haqiqiy mo`min bo`lolmaydi”, deganlar. Demak, imon komil bo`lishi uchun Rasululloh sollallohu alayhi vasallamni ota-onamizdan ham, bolalarimizdan ham, jamiki odamlardan, hatto o`zimizdan ham ko`proq yaxshi ko`rishimiz lozim. Buning uchun esa U zotni yaxshi tanishimiz, hayotlarini bilishimiz, eng muhimi, sunnatlarini hayotga tatbiq etishimiz darkor. Onlayn siyrat tarannumi tadbiri mana shu ezgu ishga oz bo`lsada hissa qo`shadi, degan umiddamiz.
Quyidagi ijtimoiy tarmoqlarimiz orqali onlayn siyrat suhbatlari, go`zal qiroatlar va ajoyib nashidalarni to`g`ridan-to`g`ri kuzating va bevosita ishtirokchisiga aylaning!
Ma'lumotlardan foydalanilganda
www.vaqf.uz ga havola ko'rsatilishi shart
©“Вақф” Barcha huquqlar himoyalangan 2018-2025